19 avg 11:35
Yangiliklar
Tennis

Iga Svyontek Cincinnati Open chempioni!
AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.
Mukofot jamg'armasi 5 million 152 ming 599 dollarini tashkil qilgan Cincinnati Open bosh sovrini Iga Svyontekka nasib etdi. Polshalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida italiyalik Jasmin Paolinini 7:5, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 9 ta eys, 6 ta breykni amalga oshirib, 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Cincinnatidagi muvaffaqiyatli ishtirok Igaga 1000 reyting ochkosi hamda 752 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Finalchi Jasmin esa 650 ochko hamda 391 000 dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar