20 mar 15:57
Yangiliklar
Tennis
Svyontek Miami Open ilk uchrashuvidayoq vatandoshiga yutqazib qo'ydi
Dunyoning uchinchi raketkasi Iga Svyontek AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Polshalik tennis malikasi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi va WTA reytingida roppa-rosa 50-o'rindan joy olgan hamyurti Magda Linettga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi — 1:6, 7:5, 6:3.
Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan vatandoshlar bahsida turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Svyontek 4, Linett esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Magda uchinchi bosqichda dunyoning 29-raketkasi, filippinlik Aleksandra Ealaga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar