So’nggi yangiliklar

09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0

19 avg 07:02
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Tennischilarimizning bu hafta uchun o'rinlari qanday?

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) ham haftalik yangi reytingni elon qildi.

Yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 3 pog'ona yuqorilab, ayni paytda 294-o'rindan joy olgan. Afsuski, qolgan barcha tennischilarimiz reytingda pastlashdi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin 3, uchinchi raketkamiz Maksim SHin 13, Amir Milushev 9, Botir Sapaev 14, Abdulaziz Usmonjonov 8, Damir Abdusamadov esa 73 o'ringa quyiga sho'ng'igan.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Rossiyalik Karen Xachanov yana Top-10`talikka qaytib, 9-o'ringa joylashdi. Qolgan tennis yulduzlari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. Faqat u 550 ochko yo'qotdi. Ikkinchi o'rindagi ispaniyalik Karlos Alkaraz esa aksincha, hisobiga 650 ochko qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi. Germaniyalik Aleksandr Zverev kuchli uchlikni yakunlab bergan.


ATP reytingi. 18 avgust holatiga ko'ra Top-10:

1 (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11 480

2 (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 9 240

3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6230

4 (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5575

5 (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4440

6 (6) Ben SHelton (AQSH) - 4280

7 (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 4130

8 (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3545

9 (12) Karen Xachanov (Rossiya) - 3240

10 (10) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3235


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

294 (297). Humoyun Sultonov - 176 

481 (478). Sergey Fomin - 86 (+1)

1017 (1004). Maksim SHin - 14 

1269T (1260T) Amir Milushev - 6 

1802T (1788T). Botir Sapaev - 1   

1890T (1882T) Abdulaziz Usmonjonov - 1

2059T (1986T). Damir Abdusamadov - 1      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing