19 avg 12:59
Yangiliklar

Ayollar kurashi bo'yicha jahon chempionatiga qura tashlandi
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham ishtirok etyapti. Jahon chempionatining ayollar kurashi bahslarida terma jamoamizning besh nafar vakilasi medallar uchun gilamga chiqadi. Bugundan boshlanadigan ayollar kurashi bellashuvlariga qura tashlandi.
Kurashchi qizlarimiz uchun qura natijalari:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammedova - Diana Risova (Ukraina)
-57 kg: Sandugash Djenbaeva - Bursa CHengiz (Turkiya)
-62 kg: Nigina Sobirova 1/8 finaldan bahslarga kirishadi
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva - Daniela Nugent (AQSH)
-76 kg: Sevinchoy Polvonova - Ayjarkin Janibekova (Qirg'iz Respublikasi)
Bugungi ilk kungi bahslarda qizlarimizdan birgina Sandugash Djenbaeva kurashga kirishadi. -57 kg vazndagi vakilamiz saralashning ilk bosqichida turkiyalik Bursa CHengizga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar