21 avg 12:21
Yangiliklar
Engil atletika

Anvar Anvarov Brilliant liga turnirida g'alaba qozondi
SHveycariyaning Lozanna shahrida engil atletika olamidagi nufuzli turnirlardan biri Brilliant liga musobaqasining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalni qo'lga kiritdi.
Yurtdoshimiz musobaqada 7.84 metr bilan eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. Ikkinchi o'rindan mezbon sportchi Simon Exammer (7.72 metr) joy olgan bo'lsa, yamaykalik 2019-yilgi jahon chempioni Tejey Geyl (7.71) bronza medali bilan taqdirlandi.
SHu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sadullaevadan keyin Brilliant liga turnirlarida g'alaba qozongan o'zbekistonlik ikkinchi atletga aylandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar