21 avg 15:33
Yangiliklar

O'zbekiston boks terma jamoasining Liverpuldagi JCH uchun tarkibi aniq...mi? (FOTO)
World Boxing tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan ilk jahon chempionatida qaysi bokschilarimizning ishtirok etishi hozircha rasman elon qilinmagan. Ammo terma jamoamiz bosh murabbiyi To'lqin Qilichev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bokschilarimiz bilan birga tushgan suratni joylashtirdi.
Unga ko'ra, tarkib quyidagicha ko'rinish olgan:
-50 kg: SHodiyor Meliqo'ziev
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-70 kg: SHavkatjon Boltaev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javohir Ummataliev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: To'rabek Xabibullaev
+90 kg: Jahongir Zokirov.
Terma jamoamiz ayni paytda Britaniyaning o'zida bo'lajak Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Fikrlar