Bosh sahifa
07 noy 09:29 Tennis

WTA Finals. Ikkinchi 1/2 finalda ham sensaciya!

Xabar berganimizdek, AQSHning Fort-Uert shahrida tennis bo'yicha Yakuniy WTA turniri o'tkazilyapti.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida ham kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 7-o'rinni egallab turgan belaruslik Arina Sobolenko dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi, polshalik Iga Svyontekni 6/2, 2/6, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Sobolenko o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Igadan ustun keldi - 1:4. Arinaga 12 ta eys zarbasi ham yordam berib yubordi. Endi u WTA Finals bosh sovrini uchun franciyalik Karolin Garsiyaga qarshi kortga chiqadi. Garsiya yarim finalda reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida borayotgan greciyalik Mariya Sakkaridan ustun kelgandi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar