Mazkur boks kechasining markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasi vakillari - meksikalik Xayme Mungiya (42-0-0) hamda Ukraina vakili Sergey Derevyanchenko (14-5) to'qnash keldi. Kechaning markaziy jangi bo'lmish to'qnashuv to'liq 12 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 115-112, 114-113 hamda 114-113 hisoblarida Mungiya ishonchli g'alabaga erishdi.
Qayd etish joiz, bu Xaymening faoliyati davomida 42-jangida qo'lga kiritgan 42-g'alabasi bo'ldi. Sergey esa o'zining o'n to'qqizinchi jangida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.