Sayyoramizning oltinchi raketkasi Mariya Sakkari Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Greciyalik tennis malikasi uchinchi davrada WTA reytingida 87-pog'onada borayotgan xitoylik CHju Linga kutilmaganda 6/7(3), 6/1, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib, Australian Open turniridagi ishtirokini to'xtatdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda Sakkari 6, CHju Lin 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Oltita qo'shxato Mariyaga qimmatga tushdi. 28 yoshli CHin yurti vakilasi faoliyatida ilk bor Top-10 tennischisini mag'lubiyatga uchratdi. Endi CHju Lin belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqadi.