Bosh sahifa
01 iyu 17:35 Boks/MMA

Zarrux Adashev, markaziy jangda o'z murabbiyisiz oktagonga chiqadigan Volkov va boshqalar. UFC Fight Night 207'ning to'liq kardi bilan tanishing

Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan 5 iyun, yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC oqshomi bo'lib o'tadi.

Markaziy jangda rossiyalik Aleksandr Volkov Jairzino Rozenstraykka qarshi oktagonga ko'tariladi. Qizig'i, Volkovning murabbiylariga AQSH vizasi berilmadi. Ushbu oqshomda hamyurtimiz Zarrux Adashev ham navbatdagi jangini o'tkazadi. 

Bundan tashqari, yana bir rossiyalik MMAchi Movsar Evloevning AQSH vakili Den Igega qarshi jangi ham qiziqarli o'tishiga shubxa yo'q.

UFC Fight Night 207 turnirining to'liq kardi:

Asosiy kard:

Aleksandr Volkov — Jairzino Rozenstrayk

Den Ige — Movsar Evloev

Maykl Trizano — Lukas Almeyda

Karin Silva — Poliana Botelo

Alonzo Menifild — Askar Mojarov

Felis Xerrig — Karolina Kovalkevich

Prelim kard:

Jo Solekki — Aleks da Silva

Deymon Jekson — Den Argueta

Ode Osborn — Zarrux Adashev

Niklas SHtolce — Benua Sent-Deni

Jonni Munoz — Toni Greyveli

Jeffri Molina — Jalgas Jumagulov

Rinat Faxretdinov — Andreas Mixailidis

Erin Blenchfild — Jey-Jey Oldrich.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar