02 sen 10:45
Yangiliklar
10 oktyabr kungi UFC turnirining asosiy jangi tasdiqlandi
Amerikalik Brendan Allen va britaniyalik Kristian Leroy Dankan o'rtasida o'rta vazn toifasidagi jang 10 oktyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 290 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
Brendan Allen ketma-ket uchta g'alabali seriya qayd etmoqda. U joriy yilning iyun oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Edmen SHaxbazyanni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. Bundan tashqari, amerikalik sportchi 90 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida ACBJJ All-stars chempioni hisoblanadi. U 30 avgust kuni Istanbulda bo'lib o'tgan turnirda rossiyalik Magomedrasul Gasanovni to'pig'ini qayirish (heel hook) usuli bilan taslim etib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Kristian Leroy Dankan esa iyul oyida Jared Kannonir ustidan hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan g'alaba qozonib, ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Ayni damda Brendan Allen va Kristian Leroy Dankan tashkilotning o'rta vazn toifasidagi meta-reytingida mos ravishda beshinchi va o'n birinchi o'rinlarni, shuningdek, matbuot tomonidan tuzilgan divizionning eng yaxshi jangchilari ro'yxatida to'rtinchi va o'ninchi o'rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar