14 noy 17:27
Yangiliklar

11 067 nafar tomoshabin ushbu mavsumda "Paxtakor" uchun rekord bo'ldi
O'sha uchrashuvni "Paxtakor" stadionida 11067 nafar ishqiboz kuzatdi. Bu
ko'rsatkich jamoamizning joriy mavsumda uy o'yinlari uchun rekord natija
hisoblanadi. Avvalgi bellashuvlarda buncha ko'p miqdorda muxlis
kuzatilmagandi.
Ushbu mavsumda stadionimizga o'rtacha tashrif 4207
nafarni tashkil qildi. Bu ko'rsatkich borasida "Paxtakor" oliy ligada
6-natijani qayd etgan bo'lib, klubimizni "Buxoro", "Navbahor", "Dinamo",
"Qo'qon-1912" va "Qizilqum" jamoalari ortda qoldirishgan.
Malumot uchun, 2017 yilgi mavsum rekordi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida qayd etilgandi - 20220.
Eng
kam muxlis esa "Obod" - "Lokomotiv" uchrashuviga keldi - 117. Bu yil
"Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga eng ko'p tomoshabin Buxoroda kelgan -
18138.
Fikrlar