So’nggi yangiliklar

19:10"Жонс ва Аспиналл жангининг санаси келишиб бўлинган" - UFC собиқ жангчиси 0 18:48Оливейра Топурияга қарши жанг шартларини айтди 0 18:24Бенавидес Биволнинг яна бир камари учун даъвогар 0 18:01Ла Лиганинг тўрт клуби Фатига қизиқиш билдирмоқда 0 17:39Пауло Коста: "Хамзат билан жангга 100% тайёрман, у мендан қўрқади" 0 17:17Бивол Бенавидесга қарши мажбурий жанг ва WBC камаридан воз кечиш сабабини тушунтирди 0 16:52Двалишвили: "Бу супержангни ташкил этиш керак" 0 16:25«Ливерпуль» Салоҳ ва ван Дейкдан кейин яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқчи 0 16:02Царукян Махачев нима учун Топурия билан жанг қилмоқчи эмаслигини аниқ тушунтирди 0 15:39Формула-1. Саудия Арабистони Гран-присидан кейин жамоалар рейтинги қай ҳолатда? 0 15:19Дю Плесси Чимаевнинг танқидига жавоб берди 0 14:58Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе БААда! (ФОТО) 0 14:39Пэдди Пимблетт кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 14:23Президент Шавкат Мирзиёев хоккейчи ва енгил атлетикачиларимизни муваффақиятли иштирок билан табриклади 0 14:10Ўзбекистон хоккей терма жамоаси дарвозабони Жаҳон чемпионатида энг яхши бўлди 0

25 noy 21:34
Yangiliklar

Tennis

121 yillik tarixga ega tennis turniri start oldi yoxud "Devis Kubogi" haqida 7 fakt

Teglar :  Devis Kubogi
25 noyabr - 5 dekabr kunlari tennis bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi "Devis Kubogi – 2021" turniri bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan erkaklar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

121 yillik tarix

"Devis Kubogi" o'zining boy tarixi bilan mashhur, chunki ushbu nufuzli jamoaviy turnirning birinchi qura tashlash marosimi 1900 yilda o'tkazilgan. O'shanda bosh sovrin uchun o'yinda AQSH va Buyuk Britaniya tennischilari bahs olib borishgan edi. Oradan yillar o'tib musobaqa ishtirokchilaridan biri, AQSH harbiy vaziri bo'lgan Duayt Filli Devis o'z puliga chiroyli kubok sotib oldi va turnir formatini ishlab chiqdi. Keyinchalik kubok "Kumush salat idishi" deya nomlandi, turnirning o'zi esa asoschi sharafiga - "Devis Kubogi" nomini oldi. 121 yillik tarixda eng ko'p amerikaliklar g'olib bo'lishgan - 32 marta. Avstraliyaliklar ulardan biroz ortda - 28 ta g'alaba.

(Suratda "Devis Kubogi" asoschisi Duayt Filli Devis)


Turnir har yili o'tkaziladi, lekin Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi bilan bog'liq tanaffuslar ham bo'lgan. Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda "Devis Kubogi" o'tkazilmadi. SHu vaqtga qadar 15 mamlakat tennischilari chempion bo'lishgan.


Turnirni qayta ishga tushirish

2019 yildan buyon turnir formati tubdan o'zgardi. Avvallari jamoalar yil davomida pley-off bosqichi doirasida dunyo bo'ylab sayohat qilib, o'z maydonida va safarda galma-gal o'ynagan bo'lsa, endi final bosqichi bir vaqtning o'zida guruhlarga bo'lingan 18 ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi. Va shundan keyingina eng yaxshilar pley-offga yo'l oladi. Bundan tashqari, avvallari terma jamoalar o'rtasidagi uchrashuv beshta, besh setdan iborat bo'lib, uch kun ichida o'tkazilgan bo'lsa, endilikda har bir o'yin uchta uch setdan iborat bo'ladi va ikkita yakkalik va bir juftlik o'yini bo'lib o'tadi. Endi g'olib bir yarim haftadan so'ng aniqlanadi.


2019 yilgi Davis Cup chempionligini Rafael Nadal boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi ko'lga kiritdi. 2020 yilda turnir o'tkazilmagani sabali ular amaldagi chempionlar sanalishadi.

2021 yilgi "Devis Kubogi" qaerda o'tkazilmoqda?

2019 yilda Madridda turnirning final, guruh bosqich o'yinlari, pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 2021 yilda dastlabki bosqichda uchta shaharda guruhlarni ajratishga qaror qilindi: Ispaniya, Rossiya, Kanada, SHveciya, Qozog'iston va Ekvador ishtirokidagi "A" va "B" guruhlari Madridda, "C" va "F" guruhlari (Serbiya, Franciya) Insbrukda (Avstriya), Avstriya, CHexiya, Germaniya, Buyuk Britaniyada, Turinda (Italiya) esa "D" va "E" (Italiya, Avstraliya, Xorvatiya, AQSH, Vengriya) guruhlari pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.

Pley-offga chiqish uchun jamoalar guruhda birinchi o'rinni egallashi kerak. Guruh bosqichi va chorak finaldan keyin jamoalar Madridga yo'l olishadi.


"Devis Kubogi" taqvimi - 2021

"Devis Kubogi" – 2021 final bosqichi 25 noyabrdan 5 dekabrga qadar davom etadi. Guruh bosqichi 25-28 noyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilangan, chorak final 29 noyabr (Turin), 30 noyabr (Insbruk), 1-2 dekabr, yarim final 3-4 dekabr, final esa 5 dekabr ( Madrid) da o'tkaziladi.


"Devis Kubogi"ning yulduzlari

"Devis Kubogi - 2021"da sport muxlislari Serbiya terma jamoasi etakchisi va sayyoramizning birinchi raketkasi, «Katta Dubulg'a» turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni Novak Jokovichni ko'rishadi. SHuningdek, jahonning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev Rossiya terma jamoasining asosiy o'yinchisi sifatida kortga chiqadi. Rafael Nadalning izdoshi deya qaralayotgan yosh yulduz Karlos Alkaraz esa Ispaniya termasida, Top-10'ning eng yosh vakili Yannik Sinner Italiya terma jamoasi tarkibida o'ynaydi. 2014 yilgi US Open chempioni Marin CHilich Xorvatiya terma jamoasi safida bahsga kirishadi. Eslatib o'tamiz, turnirda jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg'armasi

2021 yilgi "Devis Kubogi"ning umumiy mukofot jamg'armasi 16 million funt sterlingni tashkil etadi (bugungi kurs bo'yicha - 22,90 million dollar). Mukofot puli tennischilar va milliy tennis federaciyalari o'rtasida taqsimlanadi. Xususan, turnir chempionlari 1,8 million funt sterling, tennis federaciyasi esa 910 ming funt (1,22 million dollar) oladi.

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing