04 jan 09:31
Yangiliklar
13 yoshli grossmeysterimiz 20 yoshlilar musobaqasida peshqadamlik qilyapti
Ilk bor tashkil etilayotgan 1st ALAIN Juniors Chess Championship U20 turnirida hamyurtimiz shaxmat tarixida eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylangan, ayni paytda dunyoning eng yosh grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqada 11 davlatdan jami 143 nafar shaxmatchi dona suryapti. Ular orasida 2 nafar xalqaro grossmeyster va 7 xalqaro masterlarning borligi turnirning nufuzidan darak beradi.
Ketma-ket 5ta partiyada g'alaba qozongan hamyurtimiz 6 va 7-partiyalarda kuchli grossmeysterlar bilan durang o'ynadi. Nodirbek avvaliga musobaqaning birinchi tartib raqamli xalqaro grossmeysteri hindistonlik Diptayan Gosh (2556) bilan murosaga keldi.
Kecha esa qora donalarda o'ynashiga qaramay, eronlik Masud Mosadegpur bilan durangga imzo chekdi. Bugun Abdusattorov 8-turda o'zi singari 6 ochkoga ega armanistonlik Tigran Xarutunyanga qarshi oq donalarda harakat qiladi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra aynan hamyurtimiz musobaqada peshqadamlik qilyapti.
Fikrlar