05 jan 09:10
Yangiliklar
13 yoshli grossmeysterimizda ham ilk mag'lubiyat
Ilk bor tashkil etilayotgan 1st ALAIN Juniors Chess Championship U20 turnirida hamyurtimiz shaxmat tarixida eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylangan, ayni paytda dunyoning eng yosh grossmeysteri bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqada 11 davlatdan jami 143 nafar shaxmatchi dona
suryapti. Ular orasida 2 nafar xalqaro grossmeyster va 7 xalqaro masterlarning
borligi turnirning nufuzidan darak beradi. Ketma-ket 7ta partiyada yutqazmagan Nodirbek
8-turga kelib ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Abdusattorov 8-turda o'zi singari 6 ochkoga ega bo'lib turgan armanistonlik Tigran Xarutunyanga qarshi oq donalarda harakat qildi va mag'lubiyatga uchradi. Bugun Nodirbek so'nggi 9-turda qora donalarda hindistonlik Mishra SHanyaga qarshi bahs olib boradi. Kecha peshqadam bo'lib turgan grossmeysterimiz birgina mag'lubiyat evaziga 7-o'ringa tushib ketdi.
Fikrlar