02 dek 11:36
Yangiliklar
SHaxmat
138 yillik tarixni yangilagan Jahon toji uchun bahsda kuchlar teng kelmoqda
Singapurning Sentosa orolida klassik shaxmat bo'yicha Jahon toji uchun uchrashuv davom etmoqda.
2024 yilgi jahon chempionligi uchun amaldagi jahon chempioni Din Lijen (Xitoy) hamda davogarlar turniri g'olibi 18 yoshli Gukesh Dommaradju (Hindiston) o'zaro bahs olib borishyapti. Kecha o'tkazilgan 6-partiyada tomonlar yana durangga imzo chekishdi. Umumiy hisob — 3:3!
Etiborlisi, Dommaradju va Lijen o'rtasidagi uchrashuv 138 yillik tarixni yangiladi. Yani, oradan 138 yil o'tib, ikki Osiyo vakillari jahon toji uchun o'zaro dona surishyapti. SHuningdek, bu Janubiy-SHarqiy Osiyo mintaqasida o'tkazilayotgan tarixdagi ikkinchi turnir hisoblanadi. Birinchi musobaqa 1978 yili Filippinning Bagio shahrida tashkil etilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar