So’nggi yangiliklar

16:47Гловер Тейшейра Маурисио Руа билан бокс жангида тўқнаш келади 0 16:00Вакилларимиз бадиий гимнастика бўйича Осиё чемпионатида 16 та медалга сазовор бўлишди 0 15:13"Иноуэдан ўзим реванш оламан" — Абдумалик Халоков 0 14:40Ўзбекистонлик мутахассис бугун ЕЧЛ финалида фаолият олиб боради 0 14:18Белбоғли кураш. Тўрақўрғонда "Дўстлик" турнири ўтказилади 0 14:04Боксни соғиниб рингга чиқяпман — Лазизбек Мулложонов 0 13:30Ўсмир дзюдочиларимиз Осиё кубогида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:53Муроджон Аҳмадалиев Тошкентда янги дивизионда жангини ўтказди - бунинг сабаби маълум 0 12:11"Реал Мадрид" қаторасига бешинчи йил ушбу натижага эришди 0 11:30Ҳумоюн Султонов Словениядаги М15 турнири ярим финалида 0 10:57Ғалабали йўлга қайтиб олган Аҳмадалиев, рингга қайтган Мулложонов ва проф боксда яна ғолиб ролидаги Халоков. Тошкентдаги проф бокс кечасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:10Бугун Бивол Россияда жанг қилади, кардда ҳамюртимиз ҳам бор 0 08:45Арсен Венгер Чемпионлар лигаси финали олдидан Микель Артетага маслаҳат берди 0 23:02Муроджон Аҳмадалиевнинг венесуэлалик рақибига қарши жанги тўртинчи раундда якунланди 0 21:38Лазизбек Мулложонов иштирокидаги жанг учинчи раунддаёқ тўхтатилди 0

14 iyu 14:48
Yangiliklar

Futbol

15 sutkalik qamoq jazosi. O'zbekiston - Iroq o'yinida tartibsizlik keltirib chiqarganlar jazolandi

Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti xabar berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan futbol musobaqasida tomoshabinlar tomonidan stadionga tosh otish holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar shaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni malum qilamiz.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21.00da Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi o'yinlari doirasida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat «O'zbekiston» va «Iroq» terma jamoalari o'rtasidagi futbol o'yini boshlangan. O'yinning 12 daqiqasida o'yin hakami tomonidan “O'zbekiston” terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatilib 11 metrlik jarima to'pi belgilanganda, muxlislar norozi bo'lib, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloktirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bulib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug'ilgan J.S. qorin bo'shlig'idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo'lganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o'tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug'ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug'ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug'ilgan B.To'xtamurod, 2003 yilda tug'ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug'ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug'ilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka mamuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. SHuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan davosi yo'qligini malum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Poytaxtimizda o'tkazilayotgan futbol bo'yicha Osiyo kubogi - nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Bu kabi sport musobaqalarida jamoat tartibiga rioya etmaslik nafaqat sportchilarimiz, balki O'zbekiston obro'siga putur etkazishi mumkinligini untumang. Sizlardan muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni va jamoat tartibiga qatiy rioya etishingizni so'raymiz", - deyiladi IIV rasmiy saytida. 

Reyting:    

Fikrlar

   
14 iyu 16:24:40
Fahritdin Tashkenbaev
Койиле !! Стадионга келган 20-30 минг одам жунбушга келган пайтда 47 та безори-бечораларни кайдан вычислит килишди экана!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing