16 okt 08:45
Yangiliklar
15 yoshli grossmeysterimiz Nodirbek afsonaviy Vishvanatan Anand bilan o'ynadi FOTOGALEREYA
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surayotgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 6-turda qora donalarda sobiq jahon chempioni, hindistonlik Vishvanatan Anandga qarshi o'ynadi va 47-yurishdan so'ng mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi.
Olti imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'argan Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 32-o'rinni egallab turibdi. Musobaqada 106-raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz bir tur avval ketma-ket ikki xalqaro grossmeysterni mag'lub etgach, turnir jadvalida 10-o'ringa ko'tarilib olgan edi.
Bugun xalqaro turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga Abdusattorov 7-turda o'zi singari 3,5 ochko jamg'arib turgan ukrainalik xalqaro grossmeyster Pavel Elyanov (2663)ga qarshi oq donalarda harakat qiladi.
Fikrlar