23 okt 08:35
Yangiliklar
15 yoshli Nodirbek 14 grossmeysterni ortda qoldirib, turnir g'olibi bo'ldi
Musobaqada dastlab blic yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ushbu turnirda ko'plab davlatlardan jami 275 nafar shaxmatchi g'oliblik yo'lida dona surdi. Ulardan 14 nafarining grossmeyster ekanligi musobaqa nufuzidan dalolat berib turibdi.
Ular orasida uch nafar hamyurtimiz - Nodirbek Abdusattorov, SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboev ham bor edi. Yana ikki shaxmatchimiz Javohir Sindarov va grossmeyster Jahongir Vohidov standart yo'nalishda tashkil etiladigan turnirda ishtirok etishadi.
Yakunda 15 yoshli Nodirbek Yoqubboev kuchli grossmeysterlarni ortda qoldirib, blic turniri g'olibiga aylandi. Rossiyalik Syugirov kumush, hindistonlik 16 yoshli Vayshali bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar