19 okt 08:46
Yangiliklar

15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz nufuzli turnirda ochko jamg'arishda davom etmoqda
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surayotgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 8-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov (2662) bilan durang qayd etdi.
Sakkiz imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'argan Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 38-o'rinni egallab turibdi. Musobaqada 106-raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz bugun o'tkaziladigan 9-turda xitoylik xalqaro grossmeyster, talabalar o'rtasida jahon chempioni 33 yoshli Bu Syanchjiga qarshi oq donalarda bahs olib boradi.
Fikrlar