15 sen 00:49
Yangiliklar
Xokkey
16 yoshli Jasurbek Rustamxonov "Humo" safidagi debyut o'yinida muzga chiqdi
Biroz oldin Toshkentda xokkey bo'yicha Qozog'iston Ochiq chempionati to'rtinchi turi doirasida "Humo" klubi Qarag'anda shahrining "Sariarka" jamoasiga qarshi ikkinchi uy o'yinini o'tkazdi.
4:0 hisobida "Humo" g'alaba qozongan o'yinda yana bir etiborli voqea yuz berdi.
Yani, yaqindagina jamoa bilan shartnoma imzolagan 16 yoshli o'zbekistonlik xokkeychi Jasurbek Rustamxonov bugun "qanotlilar" safida o'z debyutini nishonladi. Malumot o'rnida, Jasurbek joriy yil O'zbekiston U-18 terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo va Okeaniya chempionati oltin medallarini qo'lga kiritgan edi.
SHuningdek, "Sariarka"ga qarshi bahsda yana bir o'zbekistonlik xokkeychi Javohir Rasulov ham muzga chiqdi. 88-raqamdagi vakilimiz Daniel Kogan esa bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar