24 sen 12:20
Yangiliklar
Tennis

17 yoshli Humoyun Sultonov CHimkent turniri vice-chempioni!
Hozirgina Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnir o'z yakuniga etdi.
Bugun turnirning yakkalik bahslarida final uchrashuvi o'tkazildi. Hal qiluvchi final bahsida istedodli tennischimiz, 17 yoshli Humoyun Sultonov turnirning to'rtinchi raqamli ishtirokchisi, estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 3 daqiqa davom etgan bahsda tajribali Ivanov 7:5, 4:6, 7:6(7) hisobida zafar quchib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Sultonov esa vice-chempionga aylandi.
Etiborlisi, Humoyun Sultonov turnirning oltinchi raketkasi rossiyalik Ivan Davidovni 6:3, 6:1, yana bir rus tennischisi, uchinchi raketka Viktor Baludani 7:6(5), 6:3 hisobida engib, o'ziga xos shov-shuv ko'targan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar