11 sen 19:30
Yangiliklar
Suv sporti turlari
17 yoshli suzuvchimiz jahon chempionatida sovrindor bo'ldi
SHu kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida para-suzish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi o'zining dastlabki medalini qo'lga kiritib ulgurdi.
S13 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo'yicha startga chiqqan terma jamoamiz vakili 17 yoshli Nigora Mirzohidova jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz masofani bosib o'tish uchun 1:07.67 daqiqa sarfladi.
Ayni ushbu yo'nalishda ishtirok etgan boshqa bir vakilamiz SHohsanam Toshpo'latova esa marraga beshinchi bo'lib etib keldi. Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa Tokio Paralimpiya o'yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. Musobaqada yana 5 nafar sportchimiz turli masofalarda jahon chempionati medali uchun startga chiqishadi.
Havola :
Fikrlar