12 dek 19:26
Yangiliklar
SHaxmat
18 yoshli Gukesh Lijenni mag'lub etdi va shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi
Singapurda shaxmat toji uchun bahs o'z yakuniga etdi.
Hindistonlik Gukesh Dommaraju qora donalarda amaldagi chempion Din Lijenni mag'lubiyatga uchratdi va partiyadagi hisobni 7,5 : 6,5 ko'rinishiga olib keldi.
SHu tariqa, u bahsni o'z foydasiga hal qildi.
18 yoshida chempion bo'lgan Gukesh 1985 yili 22 yoshida chempion bo'lgan Garri Kasparovning rekordini yangiladi.
Gukesh 18-dahon chempioni hisoblanadi. Bungacha Hindistondan Vishvanatan Anand ham chempionlikni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar