05 iyu 10:46
Yangiliklar
20 iyul kungi UFC turnirining markaziy jangi tasdiqlandi
Etiborlisi, UFC on ESPN 60 oqshomining markaziy jangi ayollar birinchi engil vazn toifasida Amanda Lemos va Virna Yandiroba o'rtasida o'tkaziladi. Braziliyaliklar o'rtasidagi jang UFC rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlandi.
Malumot uchun, 37 yoshli Amanda Lemos o'tgan yilning avgust oyida chempion Veyli CHjanga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarning qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. SHu yilning fevral oyida u Makkenzi Dernni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
36 yoshli Virna Yandiroba esa 3 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida Lupita Godinezdan ustun kelgan. Ayni paytda Amanda Lemos reytingning uchinchi, Virna Yandiroba esa beshinchi pog'onasidan joy olgan.
Eslatib o'tmiz, 13 iyul kuni Denver shahrida o'tkaziladigan UFC on ESPN 59 turnirining markaziy jangi ham ayollar engil vazn toifasida Rouz Namayunas hamda Treysi Kortez o'rtasida tashkil etiladi.
Fikrlar