So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

06 avg 23:09
Yangiliklar

Boshqalar

2020/2021 o'quv yiliga qabul imtihonlari ochiq stadionlarda o'tkaziladi...mi?!

Prezident SHavkat Mirziyoev 6 avgust kuni joriy yilda oliy talim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

So'nggi yillarda oliy talim tizimidagi o'zgarishlar natijasida yoshlar va ularning ota-onalarida o'qishga ishonch ortdi. Hujjat topshirish to'liq masofaviy shaklda amalga oshirilgani aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizdagi oliy talim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364, magistraturaga 10 425 o'rin ajratilgan.

Bu yil 91 ta OTMga bakalavriat yo'nalishi bo'yicha 1 million 484 ming nafar abiturient hujjat topshirgan bo'lib, bu o'tgan yilgiga nisbatan 39 foiz ko'p. Bitta o'ringa 10,6 ta talabgor to'g'ri kelmoqda.

Magistratura yo'nalishida 72 ta talim dargohiga 78 ming 720 nafar yoki o'tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko'p hujjat topshirilgan. Umuman, qabul kvotalari 2016 yilgiga nisbatan 3 marotaba ortgan.

Bugungi kunda o'qishga qabul qilish testlari qachon, qaerda va qanday tartibda o'tkazilishi hamda 2020/2021 o'quv yilida talim jarayoni qanday tashkil etilishi barchani o'ylantirmoqda. Bunga sabab, tabiiyki, turmush tarzimizni o'zgartirib yuborgan koronavirus pandemiyasi.

SHu bois Prezident SHavkat Mirziyoev bugun taqdimot chog'ida ushbu omilni hisobga olgan holda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi.

Jumladan, test imtihonlarini abiturientlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni taminlash imkonini beradigan joyda o'tkazish kerakligi qayd etildi.

Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligini, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho'zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi. Bunda imtihonlar kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o'tkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokaciyasi bo'yicha abiturientlarni to'liq xabardor qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari imtihonlarning sanasini Sog'liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologik vaziyat borasidagi xulosasidan kelib chiqqan holda belgilash, aholi salomatligiga xavfsizligini taminlash lozimligini takidladi.

Test sinovlarini shaffof holda o'tkazish uchun, yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida Talim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko'riladi.

Talim jarayonini sifatli o'quv resurslari bilan boyitish uchun salohiyatli professor-o'qituvchilarni jalb etish muhimligi qayd etildi.

Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi 25 avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarning raqamli uslubiy taminotini va masofaviy talimga moslashtirilgan o'quv dasturlarini yaratishi belgilandi.

Kamida 35 ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o'qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

– Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi talim dargohlarini zamon talablariga moslashtirmasdan ilmiy va texnologik yutuqlarga erishish qiyin bo'lishini ko'rsatmoqda, – dedi Prezident SHavkat Mirziyoev.

SHu sababdan joriy yilda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda O'zbekistonning kamida 5 ta oliy talim muassasasi transformaciya qilinadi. Bunda asosan tuzilma va o'qitish texnologiyalari takomillashtiriladi, natijada ular zamonaviy talim beradigan va innovaciyalarni joriy qiladigan ilmiy dargohga aylantiriladi.

Yig'ilish yakunida davlatimiz rahbari rektorlar bilan muloqotda bo'lib, ular aytgan muammolarni hal etish va takliflarini amalga oshirish bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing