02 fev 19:26
Yangiliklar
Futbol

2021 yil yakunida Superligani kamida 2ta klub tark etadi
2021 yilgi O'zbekiston chempionati 9 mart kuni start olishi haqida xabar bergandik.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, bu mavsum Superligada 13 va 14-o'rinni egallagan klublar to'g'ridan-to'g'ri PRO ligaga tushib ketadi. PRO ligada 1 va 2-o'rin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri yuqori ligaga chiqadi.
Superligada 12-o'rinni egallagan klub esa PRO ligada 3-o'rinni olgan klub bilan o'tish o'yinida to'qnash keladi.
O'zbekistonda yangi futbol mavsumi "Paxtakor" — "Nasaf" o'yini bilan boshlanadi
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar