So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

02 may 19:06
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

2021 yilgi Jang sanati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo o'yinlariga mezbon aniqlandi

Osiyo Olimpiya Kengashi 2021 yilda Jang sanati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo o'yinlarini (AIMAG) o'tkazish yuzasidan ushbu musobaqani qabul qilish istagida bo'lgan mezbonlar bilan videoaloqa orqali shartnoma imzoladi.

Unga ko'ra mazkur yo'nalishdagi Osiyo o'yinlari 2021 yilning birinchi yarmida Tailandning Bangkok va Pattayya shaharlarida o'tkaziladi. Jang sanati va yopiq inshootlardagi musobaqalar sportning 24 turi bo'yicha o'tkaziladigan bo'ldi.

– Biz Tailandning Milliy olimpiya qo'mitasi va Tailand Qirolligi hukumati ko'p yillar davomida Osiyo Olimpiya harakatini faol qo'llab-quvvatlab kelayotganligini juda qadrdlaymiz, – dedi Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Axmad al-Faxad as-Sabax. – Bu erda 2005 yilda yopiq binolarda, 2009 yilda esa Jang sanati turlari bo'yicha birinchi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tgan edi. Tailand hamma vaqt bu O'yinlarning salohiyati va ommaviyligiga munosib baho berib kelgan. SHuning uchun ishonchimiz komilki, O'yinlar 2021 yilda ham muvaffaqiyatli o'tadi.

Tailand Milliy Olimpiya qo'mitasining prezidenti, Bosh vazir o'rinbosari general Pravit Vongsuvon Tailand Qirolligi nomidan Osiyo Olimpiya Kengashiga Jang sanati va yopiq inshootlardagi 6-Osiyo o'yinlarini o'tkazish huquqini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. U Bangkokda 2005 yilda yopiq binolarda birinchi Osiyo o'yinlarini, 2009 yilda esa Jang sanati bo'yicha birinchi Osiyo o'yinlari o'tkazilganligini, endi ular qitaning birlashgan nufuzli musobaqalarining mezboni bo'lish sharafiga ega bo'lganliklaridan mamnunliklarini bildirdi.

Malumki, yopiq binolarda Osiyo o'yinlari 2005 yilda Bangkokda (Tailand), 2007 yilda – Makkaoda (Xitoy), 2009 yilda – Xanoyda (Vetnam) bo'lib o'tgan. Jang sanat turlari bo'yicha birinchi Osiyo o'yinlari 2009 yilda Bangkok (Tailand) o'tkazilgan. SHundan so'ng har ikki yo'nalish birlashtirildi va Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari nomini oldi.

2013 yilda bu musobaqa Incheonda, 2017 yil esa Turkmanistonning Axshobod shahrida o'tkazildi.

AIMAGning 24 sport turiga yopiq binolarda engil atletika, bilyard, bouling, raqs sporti, shaxmat, mini-futbol, roliklarda uchish/alpinizm, kichik basseynda suzish (25 metr), tay boksi, jiu-jitsu, velotrek, Malayziya voleyboli, kurash, florbol, netbol, taekvondo, yopiq binoda xokkey, karate, kibersport, badminton, penchaksilat, cherliding, sambo, mexanik eshkak eshish kiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing