So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

11 may 12:27
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

2022 yilgi Osiyo o'yinlari obektlarining 85 foizi 2020 yilda qurib bitkaziladi

Xitoyning Cinxua agentligi xabar berishicha, 2020 yilning oxirigacha Xanchjouda o'tadigan 19-Osiyo o'yinlari 58 ta obektining 48 tasi va yordamchi obektlar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Umumiy hisobda 2022 yilgi Osiyo o'yinlari uchun musobaqalar bo'lib o'tadigan 53 ta obekt, Osiyo o'yinlarining besh qishlog'i va 31 ta mashq o'tkaziladigan obekt zarur. Ulardan qirqtasining qurilishi 2019 yilda boshlangan edi. Musobaqalar o'tkaziladigani boshqa obektlardagi qurilish ishlari bu yil boshlandi.

“Bizning maqsadimiz – musobaqalar o'tkaziladigan 42 ta asosiy va yordamchi obektlarni shu yilning oxirigacha tugallashdan iborat. Bu qurilish ishlari umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi”, – deb bayonot berdi Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi.

2022 yilgi Osiyo o'yinlarida Xanchjou o'zining intellektual tizimlarining eng kuchli tomonlarini namoyish etib, “aqlli” raqamli yuqori texnologiyalardan keng foydalanishni rejalagan. 19-Osiyo o'yinlari musobaqalari o'tkaziladigan barcha obektlar qurilishini 2021 yil mart oyida tugallash ko'zda tutilgan.

Xanchjoudagi XIX Osiyo o'yinlari 2022 yil 10-25 sentyabrda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bu Xitoyda o'tkazilayotgan Pekin-1990 va Gunchjou-2010dan keyingi uchinchi Osiyo o'yinlari bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing