So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

05 apr 17:34
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

2022 yilgi Osiyo o'yinlarining timsollari elon qilindi

“Aqlli uchlik” nomi bilan mashhur bo'lgan sport mahsuloti 2022 yil Xitoyning Xanjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarining rasmiy timsollariga aylandi.

Konkong, Lyanlyan va CHenchen nomidagi robotlar o'zlarida shaharning YUNESKOning Butunjahon meros obektlariga kirgan hududlarini tasvirlashgan. Koronavirus pandemiyasi sabab taqdimot raqamli ochilish marosimi shaklida o'tkazildi. 

Birinchi “Congcong” roboti Lyanchjou shahridagi arxeologik xarobalarni taqdim qiladi. Uning nomi ushbu hududdan topilgan nefrit turidan olingan. Topilmaning yoshi 5000 yildan ortiq bo'lib, uning sharafi bilan timsoll er va hosilning asosi bo'lmish sariq rangni o'zida jilolagan.

Ikkinchi robot “Lianlian” bo'lib, o'zida G'arbiy ko'lni tasvirlaydi. Uning nomi lotos barglariga to'la, yashilga burkangan ko'lni, hayot va tabiatni anglatadi. 

Uchinchi robot “CHenchen” Pekin-Xanjou Katta kanalining ramzidir. Uning nomi Katta Xanjou kanalida joylashgan va muhim bino Gunchxen ko'prigidagi olingan. Robot ilm-fan va texnikani ifodalovchi ko'k rang bilan bo'yalgan.

Ochilish marosimida so'z olgan boshqaruv qo'mita raisi Raja Randxir Singx timsollar zamonaviy dunyo ongini va kelajak energiyasini bildirishini aytib o'tdi. timsollar yorqin va mazmunga boy, ular Xitoy madaniyati, Xanjou shahri va Osiyo qitasi ruhini birlashtirgan”, – dedi Singx.

Maskotlar taqdim qilingandan keyin 20 daqiqalik onlayn raqs va madaniy chiqishlarni o'z ichiga olgan marosim bo'lib o'tdi. Tashkiliy qo'mitaga Xitoy sanat akademiyasi o'qituvchilari CHjan Ven va Yan Xong tomonidan yaratilgan so'nggi robot qahramonlari bilan maskot eskizlari uchun jami 4633 ta murojaat kelib tushgan.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil Xanjou shahrida o'tadigan 19-Osiyo o'yinlari 10-25 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing