08 okt 07:46
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
2030 yilgi Osiyo o'yinlariga nomzod shaharlarning yakuniy ro'yxati malum
Osiyo Olimpiya kengashi 2030 yilda XXI Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun Doxa (Qatar) va Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shaharlaridan rasmiy talabnomalar oldi.
Tashkilotning baholash bo'yicha qo'mitasi oktyabr oyining uchinchi haftasida har ikki nomzod shaharda bo'lib, ularning takliflarini o'rganadi. Mezbon shahar esa Osiyo olimpiya kengashining 2020 yil 16 dekabrda Maskat shahrida bo'lib o'tadigan 39-Bosh assambleyasida aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, XIX Osiyo o'yinlari 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari Xitoyning Xanchjou, XX Osiyo o'yinlari esa Yaponiyaning Ayti-Nagoya shaharlarida 2026 yilda bo'lib o'tadi. Osiyo Olimpiya kengashi, shuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi har ikki nomzod shaharga muvaffaqiyat tilaydi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar