13 iyu 17:45
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/130_220.jpg)
22 yoshli Dominik Tim SHtutgartda tengsiz bo'ldi
Avstriyalik tennischi Dominik Tim Germaniyaning SHtutgart shahrida yakunlangan tennis turniri g'olibiga aylandi.
Yarim finada turnirning birinchi raketkasi shveycariyalik Rojer Federerni
mag'lub etgan 22 yoshli Tim haqli ravishda bosh mukofotga ega chiqdi.
Dominik
2 soatu 12 daqiqa davom etgan final bellashuvida mezbonlar vakili Filipp
Kolshrayberdan 6/7(2), 6/4, 6/4 hisobida ustun keldi. Mercedes Cup
turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Timga 107,900 dollar mukofot puli
hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu avstriyalik tennischining
faoliyatidagi ettinchi titul bo'ldi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar