So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

25 iyu 11:33
Yangiliklar

Sport kurashlari, Dzyudo, Taekvondo

232 kishidan iborat O'zbekiston sport delegaciyasi "Osiyo bolalari" kompleks musobaqasiga yo'l oldi + FOTO

Teglar :  Osiyo bolalari
25 iyundan 7 iyulgacha Rossiya Federaciyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" kompleks musobaqasi bo'lib o'tadi.

O'z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada 232 kishidan iborat O'zbekiston sport delegaciyasi ham qatnashadi. Ulardan 179 nafari sportchilar, 39 nafari murabbiylar hisoblanadi. Atletlarimiz 16 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.   

Biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston sport delegaciyasini tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov va boshqa masullar ishtirok etib, sportchilarimizga bo'lajak masuliyatli bahslarda omad tilashdi.

2022 yili Rossiyaning Vladivostok shahrida o'tgan VII "Osiyo bolalari" musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi 41 ta oltin, 28 ta kumush, 45 ta bronza, jami 114 ta medal bilan davlatlar kesimida umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinni egallagandi. 

Bu galgi "Osiyo bolalari" musobaqasi o'zining tarixiy vataniga qaytgan. Yakutskda 24 ta sport turida jami 239 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Sport bellashuvlari jami 16 ta sport obektida o'tkaziladi. "Osiyo bolalari" musobaqasining tantanali ochilish marosimi ertaga, 26 iyun kuni "Tuymaada" stadionida bo'lib o'tadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing