29 noy 13:06
Yangiliklar
Tennis
26 yoshli “Toshkent Open” turniri g'olibasi faoliyatini yakunladi
Serbiyalik 26 yoshli tennischi Boyana Yovanovski professional faoliyatiga yakun yasadi.
“Men katta tennisdan ketyapman. Bu qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. Lekin jarohatlar, buning natijasida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotlari hammasi bir bo'lib o'z so'zini aytdi. Organizmim endi kuchli yuklamalarni ko'tara olmaydi. Endi psixologiyani o'rganib, murabbiylik faoliyatini boshlashga bor etiborimni qarataman”, - dedi Boyanovski.
Eslatib o'tamiz, Boyana Yovanovskiy qisqa faoliyati davomida ikkita WTA turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan. U Boku va Toshkentdagi turnirlarda tengsiz bo'lgan. Boyana 2013-yilgi Toshkent Open musobaqasi g'olibasi hisoblanadi. WTA reytingidagi eng yuqori ko'tarilgan pog'onasi 32-o'rin.
Foto: PressPhoto
Havola :
Fikrlar