23 fev 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

3 may kungi UFC Fight Night turnirining asosiy jangi tasdiqlandi
UFC matbuot xizmati 3 may kuni AQSHning Ayova shtati De-Moyn shahrida tashkil etiladigan turnirning asosiy jangini elon qildi.
O'ta engil vazn toifasi vakillari Kori Sendxagen va Deyvison Figeyredu UFC Fight Night turnirining asosiy jangida o'zaro hisob-kitob qilishadi. Deyveson ushbu vaznda sobiq UFC chempioni hisoblanadi.
Malumot uchun, Kori Sendxagen oxirgi jangini o'tgan yilning avgust oyida Umar Nurmagomedovga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi. Figeyredu esa noyabrda Petr Yanga ochkolar hisobi bo'yicha imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar