10 okt 01:48
Yangiliklar
Futbol

334 319 aholiga ega Islandiya o'z tarixida ilk bor JCH chiptasini qo'lga kiritdi
Kamtargina Islandiya terma jamoasi mamlakat futboli tarixida ilk marotaba Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi.
Bundan bir necha daqiqa avval islandiyaliklar o'z maydonlarida Kosovo terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib, ana shu huquqni rasmiylashtirib olishdi.
Islandiya terma jamoasi 22 ochko bilan I guruhida birinchi o'rinni egalladi va to'g'ridan-to'g'ri mundialda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Parallel tarzda o'tgan o'yinda mehmonda Ukrainani 2:0 hisobida mag'lub etgan Xorvatiya ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offda kurashni davom ettiradi.
Etiborga molik jihati shundaki, Islandiya davlatida aholi soni 334 ming 319 nafarni tashkil qiladi.

Havola :
Fikrlar