02 sen 09:25
Yangiliklar
Tennis

35 yoshli Serena Uilyams ona bo'ldi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 23 karra g'olibasi Serena Uilyams onalik baxtiga muyassar bo'ldi.
Amerikalik 35 yoshli tennischi qiz farzandni dunyoga keltirdi. Yangi mehmonning vazni 3 kilogramm 90 grammni tashkil qildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Serena Uilyams asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan amerikalik tadbirkor Aleksis Oganyanga turmushga chiqqandi. Homilador bo'lishiga qaramay, u Avstraliya Ochiq chempionati-2017 g'olibasiga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar