16 noy 07:41
Yangiliklar
37 yoshli Federer Yakuniy turnirning yarim finaliga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 8 million dollarni tashkil qiluvchi Yakuniy turnirda dunyo reytingining kuchli sakkiztaligidan joy olgan raketka ustalari bosh sovrin uchun bahs olib borishmoqda. Dunyoning uchinchi raketkasi Rojer Federer ilk turdagi mag'lubiyatdan so'ng ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi.
SHveycariyalik 37 yoshli tennis yulduzi Lleyton Xyuitt guruhining uchinchi uchrashuvida reytingning oltinchi pog'onasidan joy olgan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonni mag'lub etdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Rojer 6/4, 6/3 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, bir mag'lubiyat va ikki g'alabaga erishgan Federer guruhda birinchi o'rin bilan yarim finalga yo'l oldi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Anderson ham ikkinchi o'rin bilan Nitto ATP Finals turnirining yarim finaliga chiqdi.
Fikrlar