14 apr 10:09
Yangiliklar

38 yoshli Gilbert Byorns Nursulton Ro'ziboev bilan bir oqshomda jang qiladi
Oqshomdan o'rin olgan navbatdagi jang malum qilindi.
Insayder Marsel Dorffning xabar berishicha, yarimo'rta vazn toifasidagi braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Gilbert Byorns UFC Vegas 106 turnirida oktagonga chiqadi. Unga ekvadorlik Maykl Morales raqib bo'ladi. Aslida, ushbu jang kecha bo'lib o'tgan UFC 314 turnirida o'tkazilishi kerak edi.
Las-Vegsdagi mazkur turnirda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Dastin Stolcfusga qarshi jang o'tkazadi.
Malumot uchun, 38 yoshli Gilbert Byorns faoliyati davomida hozirgacha 30 ta jang o'tkazib, 22 g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 2024 yilning sentyabr oyida SHon Brediga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.
25 yoshli Maykl Morales hisobida esa 17 ta g'alaba bor. U 2024 yilning avgust oyida o'tkazgan so'nggi jangida Nil Megnini nokaut orqali taslim etgan.
Fikrlar