04 avg 17:24
Yangiliklar
Boshqalar
41 yoshli Fisher faoliyatini qayta tiklamoqchi
“Nyu-York Niks” basketbol klubining sobiq murabbiyi Derek Fisher sportchilik faoliyatini qayta tiklamoqchi.
ESPN telekanalining xabar berishicha, Fisher mashg'ulotlarda faol ishtirok etyapti va bugunga kelib yaxshigina sport formasiga kirib oldi. Fisher tez orada faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqida u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi.
“Men hali tugatganim yo'q”, deya izoh qoldirgan Fisher.
Hozircha Derekning faoliyatidagi so'nggi mavsum 2013-2014 yilgi chempionat bo'lib turibdi. O'shanda u “Oklaxoma” klubi sharafini himoya qilib, 81ta uchrashuvda parketga chiqqandi.
Havola :
Fikrlar