So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

20 iyu 16:58
Yangiliklar

SHaxmat

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi malum

28-iyul – 10-avgust kunlari Hindistonning CHennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etishadi. Nufuzli musobaqada jami 10 nafar shaxmatchi vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, musobaqa 1924-yildan buyon o'tkazib kelinadi. Rasmiy maqomga ega birinchi musobaqa 1927-yil Londonda bo'lib o'tgan. Musobaqa har xil ziddiyatli vaziyatlar sababli asosan tinch vaqtlarda tashkil etilgan bo'lsa, 1950-yildan boshlab muntazam tarzda har 2 yilda bir marotaba o'tkazib kelinmoqda.

O'zbekistonlik shaxmatchilar ilk bora 1992-yil Filippinning Manila shahrida tashkil etilgan 30-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etib, yakunda faxrli 2-o'rinni egallashgan.

Malumot uchun, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024-yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkaziladi. 2026-yil o'tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O'zbekiston ham davogarlik qilmoqda.

44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar

GM Nodirbek Abdusattorov (2004-yili tug'ilgan),

GM Nodirbek Yoqubboev (2002),

GM Javohir Sindorov (2005),

GM Jahongir Vohidov (1995),

GM SHamsiddin Vohidov (2002),


Ayollar

WGM Nilufar Yoqubboeva (2000),

WFM Umida Omonova (2006),

WCM Afro'za Hamdamova (2009),

WFM Maftuna Bobomurodova (2006),

Marjona Malikova (2002).

Terma jamoamiz azolari 27-iyul kuni 44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etish uchun Hindistonga jo'nab ketishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing