23 sen 09:38
Yangiliklar
46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog'i va mashalasi O'zbekistonga topshirildi + FOTO
Musobaqa g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida ananaga ko'ra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi. Hisob bo'yicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026 yil Toshkent shahrida o'tkaziladi. FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog'i hamda mashalasini O'zbekiston shaxmat federaciyasi prezidenti Alisher Sadullaev hamda terma jamoamiz etakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Samarqand shahri blic va rapid bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 2022 yilda shaxmat vatani hisoblangan Hindistonda tashkil etilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar