So’nggi yangiliklar

11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0

12 dek 09:37
Yangiliklar

SHaxmat

4th President Cup Masters 2025 turnirida chempion bir tur oldin malum bo'ldi

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi turnirida 8-tur ortda qoldi.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, aynan u musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi. Nihal kecha o'tkazilgan 8-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, asosiy raqibi SHamsiddin Vohidovni mag'lubiyatga uchratdi va muddatidan oldin 4th President Cup Masters 2025 chempioniga aylandi. 

Tajriba o'z so'zini aytdi deymizu, lekin o'z qo'limiz bilan bosh sovrinni hindistonlik shaxmatchiga topshirdik. Nihalni 6-turda mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan Muhiddin Madaminov (2552) 8-turda oq donalarda o'ynashiga qaramay, franciyalik Maksim Lagarde (2608)ga yutqazib qo'ydi. Eronlik grossmeyster Danishvar Bardiya oq donalarda germaniyalik Frederik Sven (2653) bilan murosaga keldi. Yana bir grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov (2561) FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Aleksandr Grishuk (2654) bilan durangga rozi bo'ldi. 

SHu tariqa, bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-tur oldidan hindistonlik Nihal Sarin to'rtinchi bor tashkil etilgan President Cup Masters 2025 chempioniga aylandi. Bugun chempion oq donalarda Abdimalik Abdisalimovga qarshi bahs olib boradi. Muhiddin Madaminov va SHamsiddin Vohidov 4,5 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarni band etgan. Bugun 9-turda Muhiddin ukrainalik Yuriy Kuzubovga, SHamsiddin esa Frederik Svenga qarshi dona suradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing