06 iyu 16:04
Yangiliklar
5000 dollar kimga nasib qildi? Xivada Bahodirlar o'yini musobaqasi yakunlandi (FOTOGALEREYA)
Ikki kun davom etgan musobaqada jahonning 13 mamlakatidan 15 nafar sportchi ishtirok etdi. Sportchilar musobaqa davomida bir qator shartlarni bajarishdi.
SHartlar yakuniga ko'ra, eronlik polvon Rizo Xeytasi raqiblaridan ko'p ochko to'pladi va birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rindan esa Yangi Zelandiya vakili Rongo Kin joy oldi. Kuchli uchlikka WSF terma jamoasi azosi Petr Martinenko yakun yasadi. O'zbekistonlik sportchilar esa 10-11 pog'onalardan joy oldilar.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, oltin medal sohibi hisoblangan eronlik sportchiga 5000 dollar taqdim etildi. Ikkinchi va uchinchi o'rindan joy olgan polvonlar esa mos ravishda 3000 va 1000 dollar bilan mukofotlanishdi.
Turnirning ikkinchi kun bellashuvlari hamda taqdirlash marosimidan suratlarni tomosha qiling.
Fikrlar