04 dek 18:41
Yangiliklar
SHaxmat
7 soat 45 daqiqa va 136 yurish. Karlsen va Nepomnyashhiy o'rtasidagi o'yin tarixga kirdi
BAAning Dubay shahrida shaxmat bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Yan Nepomnyashhiy o'rtasidagi 6-partiya rekord o'rnatilgan o'yin sifatida tarixga kiradigan bo'ldi. Ushbu bahs jahon chempionati uchrashuvlaridagi eng uzoq davom etgan partiya sifatida 43 yil avvalgi rekordni yangiladi.
Oltinchi partiyada shaxmatchilar 136 ta yurishni amalga oshirishdi. Uchrashuv 7 soatu 45 daqiqa davom etdi. O'yinda oq donalarda harakatlangan Karlsen g'alaba qozondi. 6-partiyadan so'ng umumiy hisob 3,5: 2,5 ko'rinishiga keldi, Karlsen foydasiga.
Bungacha rekord 1978 yildagi Anatoliy Karpov va Viktor Korchnoy o'rtasidagi o'yinda qayd etilgan edi - 124 yurish.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar