17 iyu 09:47
Yangiliklar

8 avgust kungi UFC turnirining markaziy jangi malum
Tashkilotchilar bo'lajak oqshomning markaziy jangini elon qilishdi. Ushbu jang og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda rossiyalik Aleksey Oleynik reytingning 4-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik Derrik Lyuisga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Yangi jang shartnomasiga imzo chekdim. 8 avgust kungi UFC turnirining markaziy jangida Derrik Lyuis bilan to'qnash kelaman. Yaratganning o'zi qo'llasin!", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Oleynik.
Eslatib o'tamiz, Aleksey so'nggi jangini shu yilning may oyida sobiq jahon chempioni Fabrisiu Verdumga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi. 8 avgust kungi jang Oleynik uchun 2020 yil hisobidan uchinchisi bo'ladi. U yanvar oyida Moris Grindan ham ustun kelgan edi. Rossiyalik sportchi ushbu g'alabalari evaziga reytingda 11-o'ringa ko'tarilib oldi. Lyuis esa so'nggi jangida Ilira Latifini taslim etgandi.
Fikrlar