29 iyu 14:14
Yangiliklar

8 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston klublari yana OFK kubogida ishtirok etishadi
Unga ko'ra O'zbekistonning bitta klubi to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Yani 2012 yildan buyon ilk bor yurtimiz klubi OFK kubogida qatnashadigan bo'ldi.
O'zbekiston chempioni va kubogini bitta klub qo'lga kiritsa vice-chempion OCHL pley-offida ishtirok etadi va Superligada 3-o'rinni egallagan klub OFK kubogi guruh bosqichiga qatnashadi.
O'zbekiston chempioni va kubogini bitta klub qo'lga kiritmasa chempion OCHL guruh bosqichida, kubok sohibi OCHL pley-offida qatnashadi. Superligada 2-o'rinni egallagan klub esa OFK kubogi guruh bosqichida o'ynaydi.
Markaziy Osiyo
O'zbekiston 1+0
Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston 1+1
Afg'oniston 0+1
G'arbiy Osiyo
Iordaniya, Livan va Suriya 2+0
Bahrayn, Ummon va Falastin 1+1
Kuvayt va Yaman 0+1
Janubi-SHarqiy Osiyo
Vetnam, Malayziya, Singapur 2+0
Myanma, Indoneziya, Kambodja 1+1
Filippin 1+0
Laos, Bruney va SHarqiy Timor 0+1
Janubiy Osiyo
Hindiston, Bangladesh, Maldiv orollari 1+1
Nepal, SHri-Lanka, Butan, Pokiston 0+1
SHarqiy Osiyo
KXDR, Gonkong, Makao 1+1
Xitoy Tayepi, Mo'g'uliston va Guam 0+1
PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaevning malum qilishicha, OFK kubogini qo'lga kiritgan jamoa 1,5 million dollar bilan mukofotlanadi.
OCHL. 2021 va 2022 yillarda O'zbekiston va Filippin bir xil o'ringa ega bo'ladi
Fikrlar