So’nggi yangiliklar

13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0 12:16Умар Нурмагамедов қайтишга тайёр 0 11:55Бўйи энг паст жаҳоннинг собиқ 26-ракеткаси 32 ёшида фаолиятини якунлади 0 11:34Расман. "Бухоро" ва "Хоразм" плей-оффни сафарда ўтказади 0 11:13Дана Уайт Хасбикнинг UFC билан шартномаси борми деган саволга жавоб берди 0 10:52Abu Dhabi Grand Slam 2025 турнирида иштирок этувчи жамоамиз таркиби тасдиқланди 0 10:31Италия Дэвис Кубогидаги 24 йиллик рекордни такрорлади 0 10:10Бугун "Нефтчи" 24 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистон чемпиони бўлиши мумкин 0 09:49Қизларимиз FIDE Жамоавий жаҳон чемпионатининг 1/4 финалида бошдан баланд сакрай олишмади 0 09:28"У ҳалиям Хабибнинг соясида". Тайрон Вудли Ислам Махачев ҳақида 0 09:07Ring IV: Night of the Champions иштирокчилари тарозидан ўтиб олди 0 08:46Луис Диас ЕЧЛ ўйинларидан дисквалификация қилинди 0

04 mar 09:07
Yangiliklar

Futbol

A Seriya. 8 ta sariq, 2 ta qizil, 3 ta gol va "Yuventus"ning g'alabasi

A Seriya 26-turining markaziy uchrashuvida "Yuventus" g'olib bo'ldi.

Bahs haqiqiy kurashlarga boy bo'ldi. Birinchi bo'limning 25-daqiqasida "Napoli" himoyachisi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Malkuit darvozabonga juda sust to'p uzatdi va buning natijasida Ronaldu Meret bilan birga-bir vaziyatga chiqib neapolliklar posbonidan o'tib ketdi. Uning yo'lini qo'pollik evaziga to'sgan Meretga qizil kartochka ko'rsatildi. Jarima zarbasini Miralem Pyanich muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bir oz vaqt o'tib, 1 kishi kam bo'lib qolgan Anchelotti shogirdlari juda yaxshi vaziyatga ega bo'lishdi. Zelinskining SHensni darvozasiga yo'llagan zarbasi ustun tegib, maydon chetiga ketib qoldi. 39-daqiqada Emre Jan hisobni 0:2 ko'rinishga keltirdi. 

Ikkinchi bo'limning boshida Miralem Pyanich o'zining uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochkasini olgan holda maydonni tark etdi. Futbolchilar soni tenglashganidan keyin mezbonlar xafvli hujumlar soni va sifatini oshirishdi. Natija esa uzoq kuttirmadi. 61-daqiqa. Kalexon jamoadoshi Lorenco Insinening uzatmasidan unumli foydalandi  — 1:2. 

Uchrashuvda boshqa to'p kiritilmadi va "Yuventus" turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi hisoblangan "Napoli"dan 16 ochko ilgarilab ketdi. 

Napoli – Yuventus 1:2 (0:2, 1:0)

«San-Paolo»

Gollar: 0:1 – 28 Pyanich, 0:2 – 39 Djan, 1:2 – 61 Kalexon.

Napoli – Meret, Kulibali, Xyusay, Maksimovich, Malkyui (Mertens, 46), Zelinski, Allan, Kalexon (Una, 78), Fabian Ruis, Insine, Milik (Ospina, 27).

Yuventus – SHchensny, Kellini, Aleks Sandro, Joau Kanselu (De SHilo, 61), Bonuchchi, Pyanich, Djan, Matyuidi, Bernardeski (Dibala, 85), Mandjukich (Bentankur, 74), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Pyanich (34), Joau Kanselu (54), Maksimovich (77), Aleks Sandro (83), Kulibali (86), Allan (89), Bentankur (89), Dibala (90).

CHetlatishlar: Meret (25), Pyanich (47).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing