10 dek 07:23
Yangiliklar
A Seriya. "Yuventus" o'z uyida "Inter" qarshiligini enga olmadi
Garchi uchrashuvda mezbonlar ko'plab xavfli vaziyatlarni sodir etgan bo'lishsada, "Inter" himoyachilari xotirjam tarzda mezbonlarning hujumlarini bartaraf etishdi. Natijada "Yuventus Stedium"da yig'ilgan muxlislar bu oqshom gol ko'rishmadi.
Ushbu durangdan so'ng "Yuventus" 38 ochko bilan A Seriyada 38 ochko bilan ikkinchi pog'onada borayotgan bo'lsa, mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazayotgan "Inter" ochkolari sonini 40 taga etkazib, chempionatda karvonboshlilik qilmoqda.
Italiya chempionati, 16-tur.
"Yuventus" – "Inter" 0:0 (0:0, 0:0)
"Yuventus" – SHchensni, Kellini, Benatiya, De SHilo, Xedira (Dibala, 75), Asamoa, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 85), Kuadrado, Manjukich, Iguain.
"Inter" – Xandanovich, SHkrinyar, Santon (Dalbert, 63), D`Ambrozio, Miranda, Vesino, Valero, Brozovich, Kandreva (Galyardini, 69), Perishich, Ikardi (Eder, 86).
Ogohlantirishlar: Benatiya (27), Brozovich (29), Iguain (39), Perishich (40), Santon (61), D`Ambrozio (87), Vesino (90).
Fikrlar