23 apr 18:31
Yangiliklar
Futbol

Abdurahmon Fozilov: "Mirabror Usmonov kartasini berib, qancha pul kerak bo'lsa olishimizni aytgandi"
PFL muxlislar bilan ishlash va ommaviy tadbirlar o'tkazish bo'limi rahbari Abdurahmon Fozilov Qatarda bo'lib o'tgan 2011 yilgi Osiyo kubogidagi voqea haqida gapirib berdi.
Fozilov bu haqda saytimiz tomonidan tashkil etilgan "Tezkor studiya"ning onlayn videokonferenciyasida malum qildi.
"Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi ajoyib o'tgan edi. Muxlislar chorak finalga qadar bo'lgan muddat uchun moliyaviy masalalarni hal etishgan edi va shundan so'ng qaytib ketishlari kerak edi. 50 nafar atrofida muxlisning musobaqada qolishi uchun taxminan 4-5 ming AQSH dollari kerak edi. Men shunda O'FFning o'sha paytdagi rahbari Mirabror Usmonovning oldiga borib vaziyatni tushuntirdim. Usmonov esa mening qo'limga shaxsiy kartasini tutqazib, kodini aytdi va qancha kerak bo'lsa olishimizni aytdi", - deydi Abdurahmon Fozilov.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar